O‘zA O`zbek

14.11.2019 Chop etish versiyasi

Uchqo‘rg‘onda 85 milliard so‘mlikdan ziyod bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bajarildi

Uchqo‘rg‘onda 85 milliard so‘mlikdan ziyod bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bajarildi

“Obod markaz“ dasturi – amalda 

Prezidentimiz tashabbusi bilan Namangan viloyati tumanlarida hayotga tatbiq etilayotgan “Obod markaz” dasturiga muvofiq amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari samarasi o‘laroq Uchqo‘rg‘on shahri ham ma’muriy markaz nomiga munosib bo‘ldi.

Dastur doirasida tuman markazidagi 72 ob’ektda 85 milliard so‘mlikdan ziyod bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Jumladan, umumiy uzunligi 6 kilometrga yaqin avtomobil yo‘llari ta’mirlanib, piyodalar yo‘lagi, tungi yoritish tizimi va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlandi.

Yangi qurib bitkazilgan Davlat xizmatlari markazi, “Ziyo”, “Tong” savdo majmualari, “Novda” umumiy ovqatlanish, “Qishloqqurilishbank” hamda mukammal ta’mirdan chiqarilgan “Agrobank” va Xalq banki binolarida yaratilgan shart-sharoitlar aholiga zamonaviy andozalarda xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.

Tuman markaziy shifoxonasi hamda bolalar stomatologiyasi bo‘limi rekonstruksiya qilinib, 2 umumta’lim maktabi, 1 maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirdan chiqarildi.

Shuningdek, Uchqo‘rg‘on shahrida 2 yangi ko‘p qavatli uy qurilib, mavjud ko‘p qavatli uylardan 20 tasida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

“Obod markaz” dasturi asosida barcha tumanlar qatori Uchqo‘rg‘onda ham Xotira xiyoboni barpo etilib, “Motamsaro ona” haykali o‘rnatildi.

Mazkur bunyodkorlik ob’ektlarining ochilish marosimida viloyat, tuman davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, tuman ahli, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

675
Akromjon SATTOROV, Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA