O‘zA O`zbek

10.09.2020 Chop etish versiyasi

Uchkoʻprik tumani kuz-qish mavsumiga tayyormi?

Uchkoʻprik tumani kuz-qish mavsumiga tayyormi?

Ayni kunlarda Fargʻona viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Mavsumga tayyorgarlik borasida Uchkoʻprik tumanida boʻlganimizda, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishda ham eʼtibordan chetda qolgan masalalar borligiga duch kelindi. Ushbu fotolavhalar tumanning “Shodlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududida suratga tushirildi.

Hududdagi koʻp qavatli turar-joy binosi tomi yopilib, tashqi fasadi boʻyalgan. Ammo, podyezdga kirish eshiklari va romlari toʻliq qoʻyilmagan. Bino yertoʻlasini esa suv bosgan, chivinlar koniga aylangan, atrofga qoʻlansa hid tarqalmoqda.

photo_2020-09-10_18-20-04.jpg

photo_2020-09-10_18-20-10.jpg

Bino podyezdi oldida katta kuchlanishdagi elektr energiyasi texnika va yongʻin xavfsizlik talablariga zid ravishda tayanchdan toʻgʻridan-toʻgʻri podyezdning kirish qismiga tortilgan. Simlar ochiq holda qolib ketgan. Energiya taqsimlagich qulf oʻrniga, sim bilan berkitilgan. Ushbu holatda fuqarolarga ziyon yetmaydi, yongʻin yuzaga kelmaydi, deb kim kafolat beradi. Aksiga olib, podyezdning ichki qismida tortilgan elektr energiyasi liniyalari ham ana shunday ochiq va qarovsiz holatda.

Achinarlisi, podyezd bilan yertoʻla oʻrtasi gʻisht bilan toʻsilmagan. Qoʻlbola usulda yopilgan xolos. Yertoʻlaning esa suvga toʻlgani, qoʻlansa hid xonadonlarga tarqalayotgani bu hudud uchun ham begona emas. Shuningdek, hududda hojatxona tashlandiq, bolalar oʻyingohi yoʻq hamda axlat bilan toʻlib toshganini koʻrish mumkin.

photo_2020-09-10_18-20-13.jpg

photo_2020-09-10_18-20-17.jpg


3 717
Muqimjon QODIROV (surat), OʻzA