O‘zA O`zbek

01.08.2020 Chop etish versiyasi

Turkmaniston fuqarolariga Qurbon hayitini uyda nishonlash tavsiya etildi

Turkmaniston fuqarolariga Qurbon hayitini uyda nishonlash tavsiya etildi

Havoda zararli chang-toʻzon koʻpaygani uchun Turkmaniston fuqarolariga Qurbon hayitini uyda nishonlash tavsiya etildi. Davlatga qarashli TDX axborot agentligi shu haqda xabar berdi.

“Shu kunlarda havo tarkibida inson organizmiga zarar keltiradigan chang zarralari koʻpaygani bois tibbiy niqob taqib yurish, ikki metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek Qurbon hayiti kunlari ommaviy tadbirlar oʻtkazishni cheklash, bayramni uyda nishonlash tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.

Bu yil Turkmanistonda Qurbon hayiti 1-2-avgust kunlariga toʻgʻri keldi.

Iyul oyining boshlarida, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti missiyasi mamlakatga kelganidan keyin bir kun oʻtib, Turkmaniston sogʻliqni saqlash vazirligi Ashxobod shahri havosi tarkibida chang zarralari keskin koʻpaygani sababli odamlarga niqob taqib olish, qoʻlni yuvish va burunni chayib yurish haqida tavsiya qilgandi.

2 536
OʻzA