O‘zA O`zbek

15.08.2018 16:39 Chop etish versiyasi

Turkiya ikki yunon askarini ozod qildi

Turkiya ikki yunon askarini ozod qildi
Turkiya yopiq harbiy hududiga noqonuniy yo‘l bilan kirgan hamda josuslikda ayblanayotgan ikki yunon harbiyi o‘z yurtiga qaytdi, deb xabar bermoqda BBC sayti.

14-avgust kuni Turkiya hukumat sudi harbiylar xatolik tufayli chegarani kesib o‘tgan degan qaror qabul qilib, ularni ozod etgan. Harbiylar Gretsiyaga mamlakat bosh vaziri Aleksis Sipras parvoz qilgan samolyotda qaytgan.

Afina rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, askarlar shu yil mart oyida ikki davlat chegara hududida noqonuniy muhojirlar guruhi ortidan olib borilayotgan kuzatuv jarayonida noqulay ob-havo sabab Turkiya hududiga kirgan.

Yunon harbiylarining ushbu harakati ikki davlat o‘rtasidagi munosabatga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Gretsiya mudofaa vazirligi rahbari Panos Kammenos so‘zlariga ko‘ra, harbiylarning ozod qilinishi o‘zaro aloqalarni ijobiy tarafga o‘zgartirishga sabab bo‘ladi.

Zuhra Mirzaboyeva, O‘zA
1 744