Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 12:32 Chop etish versiyasi

Tuproq unumdorligi – yuqori hosil garovi

Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbekistonning turli hududlarida tuproq unumdorligini oshirish masalalari” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Universitet prorektori M.Odilov va boshqalar mamlakatimizda yer iqtisodiyotning barcha tarmoqlari hamda qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishning asosiy manbai ekani, undan samarali foydalanish mamlakatimiz obodligi va farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Mamlakatimizda tuproq unumdorligini oshirishda mikroorganizmlar muhim o‘rin tutadi. Unumdorlikni qayta tiklash, zarur kimyoviy birikmalar bilan boyitish, buning uchun muhim oziqlantirish muhitini yaratish va uni tuproq qorishmasidan o‘simliklarning ildiz tizimiga o‘tkazish aynan mikroorganizmlarga bog‘liqdir.

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar mineral o‘g‘itlarni organik o‘g‘itlar bilan birga qo‘llash orqali dehqonchilikning biologik prinsiplariga bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, kimyoviy pestitsidlar o‘rniga biopestitsid va bioinsektitsidlar qo‘llaniladi. Natijada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekologik toza bo‘ladi.

– Bularning barchasi tuproq unumdorligini oshirish uchun foydali xususiyatlarga ega, – deydi universitet katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, biologiya fanlari nomzodi Nodira Raupova. – Ushbu biopreparatlar tuproqni tozalab, sog‘lomlashtiradi va undagi tuz miqdorini kamaytiradi. Tuproq mikroflorasi va faunasi miqdorini ko‘paytiradi, bioxilma-xilligini ta’minlaydi.

Davra suhbatida tuproq unumdorligini qayta tiklaydigan tabiiy, biologik, ekologik toza va tejamkor o‘g‘itlardan samarali foydalanish borasidagi takliflar muhokama qilindi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga doir mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
688






Все о погоде - Pogoda.uz