Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.06.2018 16:56 Chop etish versiyasi

“TUIT Mobile” – yangi aloqa operatori

“TUIT Mobile” – yangi aloqa operatori
Endilikda talabalar “TUIT Mobile”ning yangi texnologik laboratoriyasida uyali aloqa operatorlari uskunalari bilan ishlashni o‘rganishadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Beeline” kompaniyasi homiyligida zamonaviy mobil aloqa texnologiyalari o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi.

Endilikda talabalar “TUIT Mobile”ning yangi texnologik laboratoriyasida uyali aloqa operatorlari uskunalari bilan ishlashni o‘rganishadi. 3 G va 4 G tarmoqlarida maxsus o‘rnatiladigan tayanch stansiyalar yordamida universitetning asosiy binosi hududida real vaqt tizimida mobil aloqa faoliyatini mustaqil ravishda ta’minlay olishadi.

– Biz “Beeline” tarmog‘ida ishlatiladigan uskunalarga asoslangan hududdagi birinchi mobil aloqa operatorini ishga tushirdik, – deydi “Beeline O‘zbekistan” kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Shukov. – Buni oddiy o‘quv amaliyoti uchun ishlatiladigan uskuna deb tushunmaslik kerak. Bu – to‘liq texnologik qurilma. Biz uchun universitet bilan hamkorlikning yangi sahifasi ochilmoqda. 3-4-bosqich talablarini bu qurilmalarda ishlashga o‘rgatgach, “Beeline” kompaniyasiga ishga olamiz.

TATU rahbariyatiga ko‘ra, laboratoriya telekommunikatsiyalar yo‘nalishida tahsil olayotgan barcha talabalar uchun amaliyot joyi bo‘lib qoladi, Beeline korxonasi mutaxassislari bilan mashg‘ulotlar laboratoriya ishlari formatida bo‘lib o‘tadi.

O‘zA
1 673