O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Tug‘ruqxonada ayollar uchun pardozxona ham bor

Tug‘ruqxonada ayollar uchun pardozxona ham bor

Samarqand viloyatining olis tumanlaridan biri hisoblangan Qo‘shrabotda markaziy shifoxona tug‘ruq bo‘limi binosi kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. 

Oltmish o‘rinli binoda avvalgidan farqli o‘laroq zamon talablariga mos shart-sharoit yaratilib, yangi mebel va tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi.

photo5258504619032685205.jpg
– Ta’mirlash ishlari olib borilgunga qadar tug‘ruqxonadagi sharoit umuman, talabga javob bermasdi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Bahrom Egamberdiev. – Shu sababli qo‘shrabotlik ayollar boshqa tuman yoki Samarqand shahridagi tibbiyot muassasalariga borishga majbur bo‘lardi. Endi bunday sarsongarchiliklarga chek qo‘yildi. Yangilangan binoda homilador ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratildi. Ayollarni onalikka tayyorlash, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlash hamda kutilmagan homiladorlikning oldini olish borasida suhbatlar o‘tkazish uchun ham targ‘ibot xonalar ham ajratildi.

Darvoqe, tug‘ruq bo‘limida ayollar uchun pardoz xonasi ham tashkil etilganki, muassasa mas’ullarining aytishicha, bu yerda onalik baxtiga muyassar bo‘lgan ayollar yanada go‘zal bo‘lib, oilasi bag‘riga qaytadi.


photo5257988776280566541.jpg

1 342
G‘.Hasanov, O‘zA