Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.04.2018 17:06 Chop etish versiyasi

Tozalik va obodlik fidoyilari

Navoiy viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasida 1000 ga yaqin ishchi mehnat qiladi. Ular bino va inshootlarni ta’mirlash-tiklash, issiqlik, suv, gaz ta’minoti, tozalik hamda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratayotir.

Joriy yilda mamlakatimizda birinchi marta 18 aprel – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlandi.

Navoiy vi­loya­tida ham ushbu sana munosabati bilan fidokorona mehnat qilayotgan soha jon­kuyar­lari vazirlik, viloyat ho­kim­ligi va tashkilotlar­ning faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlan­di.

– Boshqarma tasar­ru­fida Suvoqova va Ta’mirlash-tiklash dav­­lat unitar korxona­lari ish bosh­ladi, – deydi viloyat Uy-joy kom­­mu­nal xizmat ko‘r­sa­tish bosh­qar­masi bosh­­lig‘i N.Ju­ma­niyo­zov. – Mod­diy-texnik ba­zani mustah­kam­lash maqsadida 5 tonna­gacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega 30 za­monaviy tex­nika olib ke­lindi. Viloyatimizda mavjud 1 ming 479 ko‘p qavatli uydan 534 tasi hamda 121 bo­lalar maydonchasi mu­kam­mal ta’­mirlandi. Kom­munal to‘lov­lar uchun onlayn xizmat yo‘l­ga qo‘­yilib, 65 ming abo­nent “billing” tizi­miga ulandi. Xa­tir­chi, Kar­­mana, Nu­rota va Qi­ziltepa tuman­larida yangi shir­katlar tashkil etildi. Viloyatda ichimlik suvi ta’­mi­noti tizim­lari­ni qu­rish va re­kons­truksiya qilish jo­riy yil­da amalga oshi­riladigan mu­him va­zifalardan biridir. Bu­ning uchunyil yakuniga qadar 19 mil­liard 500 mil­lion so‘m mablag‘ aj­ratilishi ko‘zda tu­ti­lgan bo‘lib, 7 tu­mandagi 13 obyekt­da ichimlik suvi in­shoot­­lari va tar­moq­lari qu­riladi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
1 324