O‘zA O`zbek

02.08.2018 21:47 Chop etish versiyasi

“Toyota” tomiga yashirilgan “Galaxy”

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslarga qo‘shni davlatlardan avtomobilda yoki piyoda ravishda kirib kelishda telefon apparati, shu jumladan, qo‘l telefonni bir oy davomida bir donadan bojsiz olib kirishlariga ruxsat etilgan. Ammo shunga qaramay fuqarolar tomonidan turli nayranglar ishlatib, uyali aloqa vositalarini olib kirishga bo‘lgan urinishlar uchrab turibdi.

Davlat bojxona qo‘mitasining axborotiga ko‘ra, Toshkent viloyatining “Oybek” chegara bojxona postida ana shunday holatlardan biri aniqlandi. Ushbu chegara bojxona postiga “Toyota Aristo” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan K.Ye. og‘zaki savol-javobdan so‘ng, uning boshqaruvidagi transport vositasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, avtomashinaning tepasidagi lyukning ichiga yashirgan holda umumiy narxi qariyb 40 million so‘mlik uyali telefonlarni olib kirmoqchi bo‘lganligi fosh etildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zA
2 514