O‘zA O`zbek

02.08.2018 09:17 Chop etish versiyasi

Toyloq tumani hokimi o‘zgardi

Toyloq tumani hokimi o‘zgardi
1-avgust kuni xalq deputatlari Toyloq tumani kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismoilov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Bahodir Sa’dullayev Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani munosabati bilan Toyloq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

2014-yil sentyabr oyidan buyon “Agrobank” Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Bahodir Bobonazarov Toyloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

G‘.Hasanov, O‘zA
2 746