Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.07.2018 13:03 Chop etish versiyasi

Toshloqda bir kutubxona bor...

Toshloqda bir kutubxona bor...
Farg‘ona viloyati Toshloq tumani markazidagi ikki qavatli binoning ikkinchi qavatida kutubxona joylashgan...

Hozirgi kunda bu yerda sara, o‘qimishli deb, mutolaaga tavsiya etilayotgan asarlar yo‘q hisobi. O‘quv zali, bolalar bo‘limi, kitoblarni saqlash bo‘limi, yo‘laklar, ko‘zi ojizlar kutubxonasi va boshqa xonalar talabga javob bermaydi. Eshik-romlar, turli jihozlar yomg‘ir-qor suvi o‘taverib qiyshayib, yorilib, eshilib ketgan.

photo5348034608182176065.jpg

Mazkur kutubxona ayni paytda Toshloq iqtisodiyot kolleji tasarrufida bo‘lib, u “Axborot-resurs markazi” deb atalishini ko‘pchilik yo biladi yo bilmaydi. Kollej ma’muriyati bu markazni o‘z holiga tashlab qo‘ygan, unga birov kiryaptimi-yo‘qmi, yangi kitoblar olinyaptimi, bu bilan hech kim qiziqmaydi. Kutubxonaning kitob fondi 2006 yildan beri o‘smagan. Kutubxona xodimlarining o‘zlari va ba’zi homiylar yordamida yangi kitoblar olib turiladi. Kutubxonada 4 kishi mehnat qiladi. Ular o‘z vazifasini yaxshi bajaryapti, iloji boricha kitobxonlarni noumid qaytarmaslikka harakat qilyapti. Kitobxonlar bilan uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazib turilibdi. Lekin...

photo5348382887080208667.jpg

– Bino 1980 yillarda aslida “Oltin vodiy” restorani uchun qurilgan bo‘lib, tumanlardagi umumiy ovqatlanish bo‘limlari tugatilgandan so‘ng uni tuman kutubxonasiga berishgan, – deydi Toshloq iqtisodiyot kolleji tasarrufidagi “Axborot-resurs markazi” rahbari Ulfatxon Xonpo‘latova. – O‘sha yillari bu dargoh juda gavjum bo‘lardi. Kitobxonlar soni ham ko‘p edi. Turli tadbirlar o‘tkazilar va unda kutubxonaga a’zo bo‘lgan yuzlab ishchilar, ziyolilar, yoshlar qatnashardi. Tilga tushgan roman, qissa va hikoyalar asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini miriqib tomosha qilishar va fikr-mulohaza bildirishardi. Endi esa hozirgi talab asosida so‘ralgan asarlarni topib berolmayotganimizdan ko‘nglimiz to‘lmayapti.

photo5348382887080208670.jpg

Markazda shu yil boshida aholi talabiga muvofiq ko‘zi ojizlar kutubxonasi ochildi. Tumanda 430 nafar ko‘zi ojizlar bo‘lib, ularning 200 nafari kutubxonaga a’zo.

photo5348382887080208671.jpg

Kutubxona binosining ichki va tashqi ko‘rinishi ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Ziyo maskanida kitob fondini yangilash va boyitish zarur. Kompyuter, ko‘zi ojizlar uchun maxsus kompyuterlar, so‘zlovchi disklar umuman yo‘q. Ko‘chib ketgan parket pollari, pachoqlangan stol-stullar, shkaflar va jihozlar achinarli ko‘rinishda.

Muqimjon Qodirov (surat) O‘zA
2 174