O‘zA O`zbek

13.06.2019 11:40 Chop etish versiyasi

Toshkentda KAMKA mintaqaviy forumi boshlandi

Toshkentda KAMKA mintaqaviy forumi boshlandi

Toshkentda VI "Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston, Kavkaz va Afg‘oniston" (KAMKA) mintaqaviy forumi o‘tkazilmoqda.

Forumda amerikalik taniqli iqtisodchi, "Laffer Associates" kompaniyasi asoschisi Artur Laffer, Gruziya sobiq bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari Frederik Star kabi 80dan ziyod xalqaro va mintaqaviy ekspertlar ishtirok etmoqda. 

KAMKA mintaqaviy forumi Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarining ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotiga doir masalalar yuzasidan fikr almashish platformasi sifatida 2004 yilda ta’sis etilgan. Forum siyosiy maqsadlarni ko‘zlamaydi. 

Toshkent mezbonligilida o‘tayotgan bu yil forum "KAMKA: umumiy manfaatlar, umumiy intilishlar" mavzusiga bag‘ishlangan. Ikki kunlik forum doirasida mintaqaviy savdo, transport va tranzit, investitsiyalarni jalb qilish, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarining o‘zaro iqtisodiy va biznes aloqalarini mustahkamlash, tadbirkorlik va innovatsiyalar, inson kapitali, ta’lim, turizm va OAVni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yalpi majlislar, muhokamalar bo‘lib o‘tadi. 


photo5190601306342009778.jpg

photo5190601306342009779.jpg

photo5190601306342009781.jpg

photo5190601306342009782.jpg

photo5190601306342009784.jpg

Malohat HUSANOVA, Farhod ABDURASULOV (surat), O‘zA
411