O‘zA O`zbek

28.08.2018 17:20 Chop etish versiyasi

Toshkentda haydovchilar xavfsizlik kamarini taqish qoidasiga koʻpincha rioya etishmaydimi?

Toshkentda transport vositalarining boshqaruvida qoidabuzarliklar tez-tez koʻzga tashlanib turadi. Haydovchilarning bir-birini hurmat qilmaslik, yoʻl bermasligi holatlari ham koʻp uchraydi. Umuman olganda bir kun ichida Toshkentda qancha yoʻl transport hodisalari va qoidabuzarliklar sodir etiladi?

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi YPXB va Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi xizmatga jalb etilib, 27 avgust kuni Toshkent shahri hududida yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmagan jami 398 ta holat aniqlangan. Unga koʻra 15 nafar mast holatda avtomobil boshqargan haydovchi, 12 ta svetoforning qizil chirogʻiga toʻxtamagan, 22 ta tegishli hujjatlarsiz harakatlangan haydovchilar, 2 ta YPX xodimiga boʻysunmaslik holatlari aniqlangan. Shuningdek, mavjud toʻlovlarni amalga oshirmay (ruxsatnomasiz) tonirovka oynali avtomobil boshqargan 2 nafar fuqaroga nisbatan chora koʻrilgan. Undan tashqari 32 ta odam tashish qoidalarining buzilishi, 52 ta yoʻl belgilariga rioya qilmaslik, 3 ta mayda toʻqnashuv sodir etganlar va yana 113 ta boshqa qoidabuzarliklar aniqlangan.

Statistikaga koʻra, Toshkent shahar haydovchilarining aksariyati xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanadi. Ana shunday haydovchilar kecha 110 nafarni tashkil etgan.

Anora Sodiqova, OʻzA
1 252