O‘zA O`zbek

21.09.2019 Chop etish versiyasi

Toshkentda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga bagʻishlangan yigʻilish tashkil etiladi

Toshkentda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga bagʻishlangan yigʻilish tashkil etiladi

2019-yil 23-sentyabr kuni boshlanishi kutilayotgan yigʻilishda jahondagi global muammolardan biri boʻlib qolayotgan giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashish borasidagi ishlar tahlil qilinadi. Bu borada keng formatdagi birgalikdagi saʼy-harakatlarni yoʻlga qoʻyish orqali samarali xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yoʻli bilan muammoga barham berishga eʼtibor qaratiladi.

Muammoni hal qilish har tomonlama, koʻp tarmoqli, bir-birini toʻldiruvchi, muvozanatli, ilmiy asoslangan va kompleks yondashuvni talab qiladi. Ayrim sohalarda sezilarli yutuqlarga qaramay, global giyohvandlik muammosi butun insoniyat salomatligi, xavfsizligi va farovonligiga tahdid solmoqda.

Yigʻilishda Afgʻoniston, Ozarbayjon, Armaniston, Avstraliya, Bahrayn, Kanada, Misr, Fransiya, Gruziya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Eron, Iroq, Yaponiya, Iordaniya, Qozogʻiston, Quvayt, Qirgʻiziston, Livan, Ummon, Pokiston, Falastin, Qatar, Rossiya Federatsiyasi, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSH, Oʻzbekiston va Yaman vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyoda giyohvand moddalar savdosi boʻyicha kichik komissiyaning 54-sessiyasi doirasida ushbu masalalarga aloqador k 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning ekspertlari Toshkentda toʻplanadi.

Mazkur kichik komissiya Giyohvandlik vositalari boʻyicha komissiyaning 6 (XXV) rezolyutsiyasiga va EKOSOC 1776 (LIV) rezolyutsiyasiga muvofiq 1973-yilda tashkil etilgan.

Sub-komissiya yigʻilishining ishtirokchilari milliy va xalqaro miqyosda narkotiklarni keltirib chiqaradigan tahdidlarga qarshi kurash boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirish boʻyicha muzokara olib boradi.

4 089
OʻzA