O‘zA O`zbek

22.09.2019 Chop etish versiyasi

Toshkentda Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan ekoaksiya tashkil etildi

Toshkentda Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan ekoaksiya tashkil etildi

21-sentyabr - Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Maxsustrans” DUK hamda Oʻzbekiston ekologik partiyasi bilan hamkorlikda “Ekologiya bizdan boshlanadi” shiori ostida Toshkent shahar “Doʻstlik” bogʻida #trashtagchallenge formatida ekologik aksiya tashkil etildi.

Ekoaksiyadan maqsad Butunjahon tozalik kunini 158 mamlakat bilan bir vaqtda nishonlayotgan Oʻzbekistonda jamoatchilik, hukumat, OAV va tijorat birlashmalarini mamlakatimiz tozaligini saqlash, aholining ekologik madaniyatini koʻtarishdan iborat. Unda atrof-muhitga befarq boʻlmagan, atrof-muhitni muhofaza qilishga oʻzining munosib hissasini qoʻshishga tayyor boʻlgan fuqarolar ishtirok etdi. Ishtirokchilar hududni tozalash uchun zarur boʻlgan anjomlar (qoʻlqop, chiqindi uchun qoplar va hk.) bilan taʼminlandi.

4 277
OʻzA