O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

11.09.2018 15:56 Chop etish versiyasi

Toshkentda birinchi marta “Oʻzbekiston sovgʻalari” koʻrgazma-savdosi oʻtkziladi

Toshkentda birinchi marta “Oʻzbekiston sovgʻalari” koʻrgazma-savdosi oʻtkziladi
Toshkent shahridagi Sayilgoh koʻchasida 22-23-sentyabr kunlari “Hunarmand” uyushmasi, Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida oʻtkaziladi.

“Oʻzbekiston sovgʻalari” koʻrgazma-savdosi hunarmandlikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilgan yodgorlik turlarini kengaytirish va ularning ommabopligini aniqlash, sifat va dizayn ustida ish olib borish, chet ellik mehmonlarning mahsulotlarimizga boʻlgan talab va ehtiyojini oʻrganishga xizmat qilishi shubhasiz.

– Unda yuzdan ortiq mohir hunarmandlar noyob asarlari bilan ishtirok etadi, – deydi “Hunarmand” uyushmasi rais oʻrinbosari Akobir Hakimov. – Eng muhim yangilik esa ishtirokchilarning mahorat darslarida ishtirok etishidir. Ular oʻz koʻllari bilan loydan koʻza yasab koʻrishlari, ipakdan mato toʻqishlari, doʻppiga naqsh tikishlari, beshik yasash jarayonlarida bevosita ishtirok eta olishadi.

Boshqalarida boʻlgani kabi bu tadbir ham dorboz oʻyinlari, kurash musobaqalari, milliy urf-odatlarimiz namoyishi, qoʻgʻirchoqbozlarning qiziqarli tomoshalarisiz oʻtmaydi.

OʻzA