O‘zA O`zbek

06.06.2020 Chop etish versiyasi

Toshkentda 70 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi

Toshkentda 70 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi

Shu yilning 27-may kuni poytaxtlik Sh. avtohalokatga uchrab, tez tibbiy yordam mashinasida bosh miya yopiq jarohati dastlabki tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelinadi.

Oʻsha paytda unda tana haroratini yuqoriligi va koronavirus alomatlari koʻringanligi sababli tahlil olinadi. Oʻtkazilgan tekshiruv natijasida 70 yoshli (erkak) bemorda “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlanadi.

Shundan soʻng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.

U avvaldan bosh miya oʻsmasi, yurak ishemik va gipertoniya kasalligi, gepatit, pnevmoniya, surunkali yurak, buyrak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning oʻtgan davolanish vaqti davomida vazirlikning turli soha yoʻnalishlari boʻyicha bosh mutaxassislarining xalqaro standartlar boʻyicha bergan tavsiyalari asosida shifokorlar barcha kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirishgan. Bundan tashqari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham oʻtkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq soʻnggi kunlarda bemorda nafas yetishmovchiligini kuchayishi natijasida ahvoli keskin yomonlashgan va sunʼiy nafas olish apparatiga olingan. Standartlar asosida koʻrsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor miya shishi, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

1 981
OʻzA