O‘zA O`zbek

24.08.2018 14:06 Chop etish versiyasi

Toshkent viloyatida xotin-qizlarining innovatsion tadbirkorlik haftaligi start oldi

Toshkent viloyatida xotin-qizlarining innovatsion tadbirkorlik haftaligi start oldi

Qibray tumanida oʻtkaziladigan mazkur haftalik doirasida hunarmand va tadbirkor ayollarning Innovatsion yarmarkasi boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ixtirochi ayollar Markazi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur haftalik xotin-qizlarni tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilish hamda ayollarning biznes loyihalarini amalga oshirishlariga koʻmaklashishdan iborat.

Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligida tumanning 86 mahallarida istiqomat qiluvchi 400 dan ortiq tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini boshlamoqchi boʻlayotgan, bandligi taʻminlanmagan va imkoniyati cheklangan xotin-qizlar ishtirok etadilar.

5d8324bf-8b63-4c2f-8829-3db68b6fd40a.jpg

Haftalik doirasida ogʻir turmush sharoitida yashayotgan hamda nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga hunarmandchilikning 12 ta yoʻnalishi boʻyicha mahorat darslari oʻtkaziladi. Mahorat darslarida ishtirok etgan xotin-qizlar oʻz qiziqishlari asosida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan ustozlarga biriktirilib, ularga mehnat daftarchalari ochiladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati

OʻzA
1 565