O‘zA O`zbek

20.08.2018 17:28 Chop etish versiyasi

Toshkent viloyatida nega asalarilar nobud bo‘lyapti?

Toshkent viloyatida nega asalarilar nobud bo‘lyapti? Toshkent shahar asalarichilar jamiyatidan ma’lum qilishlaricha, keyingi vaqtda asalari oilalarining nobud bo‘lish darajasi ortib bormoqda. Xususan, yaqinda Vladimir Pyakning Toshkent viloyatida dala chetida parvarishlanayotgan 60 quti bolarisi nobud bo‘ldi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 dona asalari oilasini shakllantirish uchun o‘rtacha 600 ming so‘m mablag‘ va 42 kun talab etiladi. Endi asalarichining qancha zarar ko‘rgani va shuncha oilani qayta tashkil etishi uchun qancha vaqt sarflashini o‘zingiz hisoblab ko‘ring! Agarda asalari uyasida ozmi, ko‘pmi asal ham bo‘lgani hisobga olinsa, zarar miqdori yanada oshadi.
Axir, har bir asalari qutisida o‘rtacha 8-10 ta ramka asal bo‘ladi. Ularning har biridan o‘rta hisobda 2,5-3 kilogramm asal olinadi. Bu degani har bir qutidan yiliga 20-25 kg asal yetishtirish mumkin. Demak, ko‘rilgan zarar ko‘lami yanada kengayib bormoqda.

Bunday yo‘qotishga nima sabab bo‘ldi?

–Joriy yildagi bu birinchi holat emas, – deydi Toshkent shahar asalarichilar jamiyati rahbari Farrux Musayev. – Mana qo‘limdamavsumni Jizzax viloyatidao‘tkazish uchun borgan a’zolarimizning shikoyat xati bor. Ularda ham yo‘qotishlar mavjud. Sabab esa bitta, u ham bo‘lsa fermerlarning dalalarga kimyoviydorilarni sepishi. To‘g‘ri, paxta, g‘allava boshqa ekinlardan mo‘l hosil olish uchun dalalarni dorilash zarur. Biz buni tushunamiz.Dalasi atrofida joylashgan asalarichiga dalani dorilashini aytib qo‘ysa, qutilarni yig‘ib ko‘chib ketadi. Yoki dorini kechqurun sepsa, asalariga talofat bermaydi. Yo‘qsa, ular zaharlanadi. Biroq, fermerlar negadir biz bilan gaplashgisi, maslahat qilgisi kelmaydi. Natijadaborgan sari ko‘proq asalari oilasi nobud bo‘lmoqda. Bu ketishda ularning oilalari qirilib ketadi.

Qayd etish joizki, Toshkent asalarichilar uyushmasining579 nafara’zosihozirda 48 mingtadan ko‘proq asalari oilasini parvarishlamoqda. Yil oxiriga qadar ular qariyb 97 tonna asal va asal mahsulotlarini tayyorlab, aholiga yetkazib berishnimo‘ljallamoqda.

Ma’lumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, dunyo davlatlari tajribasidan ma’lumki asalari bol yig‘ishdan tashqari ekologik tozalikka ham katta foydasi tegadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida uning o‘rni beqiyosdir. Asalarining changlatishi natijasida paxtaning hosili25-30, kungaboqarniki40-50gacha oshishi fanda isbotlangan. Ayniqsa, paxta tolasining sifati ko‘tariladi. Buning uchun har gektar bog‘ va ekin boshiga 2-3 asalari oilasikeltirib qo‘yilsa kifoya. Bu usul Kanada, Ispaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda keng yo‘lga qo‘yilgan.

– Ba’zi chet ellarda dala chetiga ataylabdan besh qutidan asalari oilasi qo‘yilganini ko‘rganman, – deydi O‘rta Chirchiq tumanidagi “Milki planet” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Doniyor Parpiyev. – Biz ham qariyb 500 gektarda yo‘ng‘ichqa va paxta yetishtiramiz.Zararkunandalarga qarshi faqat biologik usulda kurashamiz. Mana dalamizda kapalaklar va asalarilar uchib yuribdi.Har yili asalari orqali changlatilgan g‘o‘zadan yaxshigina hosil olyapmiz. Shuning uchun dalamizga asalarichilarni taklif qilib turamiz. Bu biz uchun ham foydali.

Albatta,mulk egalarining bu borada qarashlari turlicha. Biroq, qars ikki qo‘ldan ekanini unutmaslik kerak, albatta.

– Bizning sohamizda yaxshi natijaga erishish uchunnihoyatda hushyor bo‘lish kerak, – deydi asalarichi Noil Fayzullin. – Ob-havoning o‘zgarishi ham, atrofdagi ozgina yoqimsiz hidmahsulotni kamaytirib yuboradi. Sovuq va qurg‘oqchilikda asal kamayadi. Bu jonivorning pokizaligini aytmaysizmi? Agar birorta ishchi ari axlat joyda o‘sgan gulning nektarini olib kelsa, qo‘riqchi arilar uning boshini uzib tashlashadi. Yoki uyalariga sichqon o‘rmalab kirguday bo‘lsa, hammalari unga tashlanib o‘ldirishadi. O‘ligi ham atrofni zaharlamasin, deb mumlab tashlashadi.

Ha, tozalikni, pokizaliknishu mitti jonivorlardan o‘rgansa arziydi. Shu bois ham asal dunyodagi eng shifobaxsh ne’mat sanalishiga shubha yo‘q. Demak, fermerlarimiz daladagi yoki bog‘dagizararkunandalarga qarshi biologik kurash usulidan foydalansa yokikimiyoviy o‘g‘itni ishlatishdan oldin dalasi atrofiga joylashgan asalarichilarni ogohlantirsa tabiat shifokorlarini asrab qolgan bo‘ladi.

Sayyora Shoyeva, O‘zA
1 941