Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.08.2018 11:50 Chop etish versiyasi

Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalari kengaytiriladi

Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalari kengaytiriladi
Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. 

Qaror bilan davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan obyektlari tegishli ro‘yxat bo‘yicha viloyat kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritilishi belgilandi. 

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2017-yil 10-avgustdagi qarori asosida ushbu sanoat zonalari uchun 140 gektardan ziyod yer maydoni ajratilgan edi. Endilikda mazkur sanoat zonasi qo‘shimcha 67 gektardan ortiq yer maydoni ajratilishi natijasida yanada kengaytirildi. 

Kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratib berish to‘g‘risidagi qarorlar Toshkent viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

O‘zA
2 174