O‘zA O`zbek

12.07.2019 12:17 Chop etish versiyasi

Toshkent viloyatida farmasevtika sohasida 2 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda

Toshkent viloyatida farmasevtika sohasida 2 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida aytildi. Anjuman Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Prezidentimizning joriy yil 10 apreldagi “2019-2021 yillarda respublikaning farmasevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Ayni paytda agentlik tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutaxassislar ma’lumotlari tinglanmoqda. Ta’kidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida Agentlik faoliyati tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” va uning ijrosi bo‘yicha qabul qilingan bir qator qarorlar bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi. 

Jumladan, 2019 yilning 5 oyi mobaynida qiymati 40,52 million dollarlik 9 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 8,72 million AQSh dollarini, korxonalar mablag‘lari 99,44 milliard so‘mni, bank kreditlari 178,87 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 511 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Xorijiy va xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari ishtirokida Toshkent viloyatida umumiy qiymati 10,6 million AQSh dollariga teng 2 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mohigul Qosimova, O‘zA
416