O‘zA O`zbek

12.07.2018 16:17 Chop etish versiyasi

Toshkent viloyatida 7 069 286 mln. so‘mlik 341ta loyiha amalga oshiriladi

Toshkent viloyatida 7 069 286 mln. so‘mlik 341ta loyiha amalga oshiriladi 2018-2019 yillarda Toshkent viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2018-2019 yillarda Toshkent viloyatida iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha jami qiymati 7 069 286 mln. so‘mlik 341 ta loyiha amalga oshiriladi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 12 278 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Xususan, Oqqo‘rg‘on tumanida ip-kalava va gazlama maxsulotlarini ishlab chikarish sexlarini tashkil etish tashkil etish orqali (loyiha qiymati 347 200 mln so‘m) jami 950 kishi ish bilan ta’minlanadi.

O‘zA
3 910