Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 16:16 Chop etish versiyasi

Toshkent tibbiyot akademiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokama qilindi

Toshkent tibbiyot akademiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokama qilindi Muhokamada so‘zga chiqqan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Laziz To‘ychiyev va boshqalar mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichi aholi salomatligini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini qayd etdi.

Bu borada qabul qilingan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar sohani zamonaviy talablar asosida yanada takomillashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, pirovardida, xalqimizga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga erishishga xizmat qilmoqda.

Partiya aholi o‘rtasida talab yuqori bo‘lgan tibbiyot muolajalariga, jumladan, transplantologiya tibbiy xizmatiga ruxsat berishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida “Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi va u O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasining asosiy maqsadi zamonaviy fan va tibbiyot amaliyoti yutuqlarini hisobga olgan holda inson organlari, to‘qima va hujayralarini transplantatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Davra suhbatida ushbu sohadagi xorijiy tajriba hamda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar atroflicha muhokama etilib, ishtirokchilarning takliflari tinglandi, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA
1 632






Все о погоде - Pogoda.uz