O‘zA O`zbek

16.08.2018 17:20 Chop etish versiyasi

Toshkent shahrida qo‘l radarlaridan foydalanish ta’qiqlandi

Toshkent shahrida qo‘l radarlaridan foydalanish ta’qiqlandi
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan YPX inspektorlari tomonidan ma’nan eskirgan qo‘l radarlaridan foydalanilmaydi.

Tezlikni belgilangan me’yordan oshirish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar hozirda avtomat-statsionar va mobil radarlar yordamida aniqlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jarayonda inson omili ishtirokining oldini oladi. Mazkur apparat-dasturiy kompleksi real vaqt rejimida avtomatik ravishda qoidabuzarliklarni qayd etadi va simsiz aloqa orqali avtomobil raqami, sana, vaqt va voqea joyidan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni “O‘zbekiston pochtasi”ning Toshkent shahar filiali ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzar ham bu haqda pochta orqali xabardor qilinadi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

O‘zA
1 990