O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 18:53 Chop etish versiyasi

Toshkent shahrida qancha bola sogʻlomlashtirildi?

Bu haqida poytaxtimizda Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan joriy yilgi sogʻlomlashtirish mavsumi yakuni boʻyicha anjumanda maʼlum qilindi.

Unga koʻra, joriy yilda Toshkent shahri boʻyicha 27 statsionar oromgohlarda 30 mingdan ziyod bolalar sogʻlomlashtirilgan. Maktablar qoshida tashkil etilgan 66 kunduzgi oromgohlarda esa 24 mingdan ziyod bolalar dam olgan.

Anjumanda joriy mavsumda eng namunali faoliyat koʻrsatgan oromgohlar, xodimlar, xoʻjalik organlari, hokimliklar, hamkor idora va tashkilotlar “Eng namunali statsionar bolalar oromgohi”, “Eng namunali kunduzgi bolalar oromgohi”, “Eng yaxshi oromgoh boshligʻi”, “Eng masʼuliyatli tashkilotchi” kabi 13 nominatsiya boʻyicha ragʻbatlantirildi.

Davron Sunnatov, OʻzA