O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Toshkent shahrida 33 nafar bemor tuzaldi, sogʻayganlar 2525 nafarni tashkil qilmoqda

Toshkent shahrida 33 nafar bemor tuzaldi, sogʻayganlar 2525 nafarni tashkil qilmoqda

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sogʻayganlarning 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sogʻayganlarning 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 12 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 873 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 906 nafarga yetdi.

Shunday qilib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2525 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

912
O'zA