O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

Toshkent shahar Yoshlar markazida prokuror xonasi tashkil etiladi

Toshkent shahar Yoshlar markazida prokuror xonasi tashkil etiladi

Toshkent shahar Yoshlar markazida “Prokuror va yoshlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiyev, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi Durdona Rahimova soʻzga chiqib yoshlarning loqaydligiga barham berish, pirovardida, har bir oila, taʼlim muassasasi, mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni taʼminlashning muhim sharti ekanini taʼkidladi. Yoshlarni bu kabi illatlar taʼsiriga tushib qolishdan asrash maqsadida bugungi kunda mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish toʻgʻrisida kerakli maslahatlarni berdi.

Davra suhbatida Toshkent shahar Yoshlar markazida prokuror xonasini tashkil etish, “Toshkent tinch hudud” loyihasini yoʻlga qoʻyish, “Prokuror va yoshlar” uchrashuvini har oyda tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.

Uchrashuvda Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi oʻquvchilari, “Umid” kamer orkestrining musiqiy chiqishlari hamda hunarmand va kulollar koʻrgazmasi namoyish etildi.

1 257
Gulnoza Boboyeva, OʻzA