O‘zA O`zbek

17.12.2019 Chop etish versiyasi

Toshkent shahar YHXB piyodalar harakatini tartibga keltira oladimi?

Toshkent shahar YHXB piyodalar harakatini tartibga keltira oladimi?

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi piyodalarni belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tmasligi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Toshkent shahar hududida 2019 yil 10 -20 dekabr kunlarida “Diqqat, piyoda!” tadbiri va 10 dekabr - 10 yanvar kunlarida “zarbdor oyligi” bo‘lib o‘tmoqda. 

Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad – piyodalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va piyodalar madaniyatini oshirishdan iborat.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB tomonidan 2019 yil 10 dekabrdan 15 dekabr kuniga qadar jami 12358 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, ulardan 2816 ta qo‘pol qoidabuzarliklar,1339 ta odam tashish qoidalarini buzish, 86 ta holatda haydovchilar harakat davomida uyali telefon foydalanishi, 47 ta holatda haydovchilar transport vositasini mast holda boshqarishi, 383 ta holatda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, 301 ta holatda transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarishi, 28 ta holatda yo‘l patrul xizmati inspektorining qonuniy talablarini bajarmaslik, 3727 ta holatda haydovchilar transport vositasini xavfsizlik kamari taqmasdan harakatlanishi, 7 ta holatda haydovchilar transport vositasini yon oynalarini qoraytirilgan holatda boshqarishi kuzatilgan. 

Ushbu qoidabuzarliklar ichida 1758 ta holatda piyodalar yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi xolatlari aniqlangan. 

Ta’kidlash joizki, ko‘pgina holatlarda yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tilishi oqibatida yo‘l transporti hodisalari sodir bo‘lmoqda.

1 212
O‘zA