O‘zA O`zbek

14.02.2018 14:37 Chop etish versiyasi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi va ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan O‘zAga ma’lum qilishlaricha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar bugun tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra, general-mayor Jo‘rayev Rustam Mirzayevich Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Bosh vazir A.Aripov tomonidan jamoasiga tanishtirilgan R.Jo‘rayev ayni paytda o‘z ish faoliyatini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, R.Jo‘rayev bungacha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

R.Jo‘rayev 1968-yil 26-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olgan.

O‘zA
17 604