Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2018 10:03 Chop etish versiyasi

Toshkent shahar hokimligi akademiklar murojaatiga munosabat bildirdi

Toshkent shahar hokimligi akademiklar murojaatiga munosabat bildirdi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytida akademik Aziz Qayumovning Toshkent shahar hokimi Usmonovga “Ochiq xat”i hamda yana 3 nafar akademikning “Befarq qarab turishga haqli emasmiz” maqolasi e’lon qilingan edi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan muammo yuzasidan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Turdiqulov imzosi bilan javob xati keldi. Unda jumladan shunday deyiladi:

“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlar doktori Azizxon Qayumovning Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi haqida “Ochiq xat”idagi dolzarb masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining 2018-yil 12-fevraldagi qarori bilan Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi 69-uy manzilidagi bino (522,0 kv.m) qismi muzeyga qaytarilganligini ma’lum qilamiz”.

O'zA
6 182