O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Toshkent – piyodalar eng tartibsiz bo‘lgan shaharmi? 54 mingdan ziyod kishi jarimaga tortilgan

Toshkent – piyodalar eng tartibsiz bo‘lgan shaharmi? 54 mingdan ziyod kishi jarimaga tortilgan

Toshkentda mashinalar harakati tobora serqatnov bo‘lib bormoqda. Mashinalar bilan tirband ko‘chalarda nafaqat haydovchilar, balki piyodalarning ham yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari tez-tez uchramoqda.

Ko‘pincha piyodalar yo‘lning maxsus o‘tish joylari yoki yo‘l osti yo‘llaridan foydalanishni istashmaydi. Yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish piyodaning hayotiga xavf tug‘dirishi aniq.

Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyidan boshlab avgustgacha bo‘lgan muddat ichida 54 590 ming nafar piyodalar YPX inspektorlari tomonidan jarimaga tortilgan.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, yo‘l qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima belgilangan.

1 436
O‘zA