Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 13:43 Chop etish versiyasi

Toshkent madaniyat kollejida "Nazm va navo" kechasi o‘tkazildi

Toshkent madaniyat kollejida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kunlari munosabati bilan "Nazm va navo" nomli adabiy kecha tashkil etildi. Unda O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, madaniyat va san’at namoyandalari, adabiyotshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma’sudov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist M.Rahmatov, kollej direktori A.Umrzoqov va boshqalar mamlakatimizda buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarlari mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, navqiron avlod ongiga chuqur singdirish, yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Mustaqillik yillarida yurtimizda kechayotgan izchil islohotlar va ma’naviy yangilanishlar jarayonida Navoiy va Bobur merosini chuqur o‘rganish, uning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi hissasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buyuk bobokalonlarimiz asarlarida tarannum etilgan umuminsoniy tushunchalar, halollik, poklik, odamiylik fazilatlari, yurtni sevish, uni asrab-avaylash kabi g‘oyalar yoshlarimizning har jihatdan sog‘lom, yuksak ma’naviyatli bo‘lib kamolga yetishiga xizmat qiladi.

Tadbirda o‘quvchi-yoshlar Navoiy va Bobur ijodidan g‘azallar, ruboiylar, tuyuqlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarda o‘qidi.

Azima Qiyosova, O‘zA
577






Все о погоде - Pogoda.uz