Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 22:09 Chop etish versiyasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari o‘z yetakchisini sayladi

Yoshlar – ertamiz egalari, kelajagimizning tayanchi. Ularning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchisini saylashga bag‘ishlangan yig‘ilishda shu haqda so‘z yuritildi.

Institut rektori O‘.Umrzoqov, Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Sh.Olimov va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil qilingan mazkur tuzilma ertamiz davomchilarining haq-huquqlarini ta’minlash, ularda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hissini qaror toptirishda beqiyos ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18-iyuldagi «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mamlakatimiz qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlaydigan yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Institutning iqtisodiyot va menejment fakulteti to‘rtinchi bosqich talabasi Akmal Berdimurodov Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylandi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
1 055






Все о погоде - Pogoda.uz