O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Yaponiya universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari kuchaymoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti va Yaponiya universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari kuchaymoqda

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’lim, ilmiy va texnikaviy hamkorlikning uzoq muddatli istiqbollariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Unda Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlari rahbar va mutaxassislaridan iborat delegatsiya vakillari ishtirok etdi. Seminarda sud-huquq sohasi bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik ishlari muhokama qilindi.

– Bugungi tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kuchaytirish, talaba hamda o‘qituvchilar bilim va tajribasini oshirish, soha bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdan iborat, – deydi TDYuU Xalqaro tijorat huquqi kafedrasi mudiri Otabek Narziev. – TDYuU va Yaponiyaning Nagoya universiteti o‘rtasida 2000 yilda talabalar akademik almashinuvi to‘g‘risidagi dastlabki kelishuv tuzilgan va tomonlar shundan buyon o‘zaro hamkorlik qiladi. Bugungi tadbirda kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala hamkorlikning zamon talablariga mos yangi yo‘nalishlarini ochish, ilg‘or ilmiy-innovatsion potensialga ega bo‘lgan davlat tajribasini yanada chuqur o‘rganish. Avvalgi hamkorlik yo‘nalishlari asosan, ta’limga qaratilgan bo‘lsa, endilikda tadqiqot ishlari, hamkorlik loyihalariga qaratiladi. Shu vaqtgacha faqat o‘zbekistonlik talabalar Yaponiyaga borgan bo‘lsa, TDYuU rahbariyati tashabbusi bilan bundan buyon yapon talabalar ham universitetimizga kelib o‘qishlari uchun sharoit yaratiladi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, 2005 yilda Nagoya universiteti huquq fakulteti o‘zining birinchi xorijiy markazi bo‘lgan Yapon huquqini tadqiq etish markazini aynan TDYuU da tashkil etgan.

268
Inobat AHATOVA, O‘zA