O‘zA O`zbek

30.08.2018 18:35 Chop etish versiyasi

Toshkent davlat texnika universiteti talabalari Yaponiyaning Nagoya universitetida bepul taʼlim olishi mumkin

Toshkent davlat texnika universiteti talabalari Yaponiyaning Nagoya universitetida bepul taʼlim olishi mumkin Avval xabar berilganidek, yurtimizda Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligida Yaponiya delegatsiyasi, shuningdek, Nobel mukofoti laureati, professor R.Noyorining tashrifi davom etmoqda.

Sohaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov uchrashdi.

Muzokaralarda ikki davlat oʻrtasida ilm-fan sohasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni Yaponiyaning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalarida stajirovkadan oʻtkazish va malakasini oshirishni tashkil etish, qoʻshma ilmiy hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida Toshkent davlat texnika universiteti va Yaponiyaning Nagoya universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumda oʻzbekistonlik iqtidorli talabalar Nagoya universitetida bepul taʼlim olishi nazarda tutilgan.

OʻzA
2 509