O‘zA O`zbek

28.03.2019 Chop etish versiyasi

Toshkent bozor va bekatlari mashinalardan “tozalanadi”

Toshkent bozor va bekatlari mashinalardan “tozalanadi”

Toshkent IIBB YHXB AutoCon-SC/M tizimlari bilan jihozlandi. Bu tizim yordamida toʻxtab turish qoidalarini buzilishi avtomatik tarzda qayd etiladi.

Toshkent shahar IIBB yaqin vaqtlarda “Chorsu” bozori, shuningdek, boshqa bozorlar va bekatlarni notoʻgʻri qoʻyilgan avtomashinalardan boʻshatadi. Bu haqda sputniknews podrobno.uzxabariga asoslanib maʼlum qildi.

Bu vazifa bilan yangi avtomatlashtirilgan AutoCon-SC/M majmualari shugʻullanadi.

“Bizda muammoli obyektlar roʻyxati tuzilgan. Avtomatlashtirilgan majmualar uchun barcha “toʻxtash taqiqlanadi” belgilari geolokatsiyasi bilan xaritalar belgilangan. Ular boʻyicha ishlaydi. Biroq biz bozorlarga, ayniqsa “Chorsu” bozori va shahar markazidagi bekatlarga eʼtibor qaratamiz”, deb taʼkidlagan Toshkent shahar IIBB boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A.Umarxonov.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent IIBB YHXB AutoCon-SC/M tizimlari bilan jihozlandi. Bu tizim yordamida toʻxtab turish qoidalarini buzilishi avtomatik tarzda qayd etiladi.

Mashinaning old oynasida mahkamlangan videokamera 58 ta davlatning raqam belgilarini aniqlaydi va yoʻl harakati qoidalari buzilishi holatlarini avtomatik ravishda qayd etadi.

Haydovchilar tomonidan ”Toʻxtash taʼqiqlanadi” belgisini inkor qilish maxsus avtomobilning shahar boʻylab harakatlanishi davomida qayd qilib boriladi.

Qoidabuzar toʻgʻrisida maʼlumotlar onlayn tarzda YHXB kompyuter boshqaruv tizimiga kelib tushadi.

943
OʻzA