O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Toshkent aeroportida “arab shayxi”ga taksichilar qanday munosabatda bo‘ldi?

Toshkent aeroportida “arab shayxi”ga taksichilar qanday munosabatda bo‘ldi?

Xalqaro press-klub xodimlari arablar libosini kiyib, Toshkent xalqaro aeroportida taksi ushlashga uringan. 

Afsuski, taksichilar undan AQSh dollarida katta to‘lov so‘rashgan. Shayx libosida bo‘lgan jurnalist o‘zini tanishtirib, narx qimmatligiga e’tiroz bildirganida, taksichilar “ularda shunday qimmat-da”, deya fikr bildirishgan.

Darhaqiqat, taksichilik kasbi o‘ziga yarasha odob tartiblariga ega. Anjuman qatnashchilari tomonidan taksichilarning yo‘lovchi yukiga yordamlashishi, qo‘li bilan mijozga teginishi mumkinmasligi aytildi.

Shuningdek, avtomobil tozaligiga ham rioya qilinishi lozimligi gapirildi. 

photo5269495887019747822.jpg

Yurtimizda 2018 yilda 13 trillion taksi xizmatlari ko‘rsatilgan va 53 milliard so‘mlik soliq pullari budjetga kelib tushgan.

Navoiy viloyatida bu ko‘rsatkich Toshkentga nisbatan ko‘proq. Poytaxt ko‘chalarida taksichilarni ko‘p uchratsak-da, amalda 5 mingga yaqin litsenziyali taksichilar qayd etilgan.

Agar O‘zbekistondagi barcha taksichilar litsenziya bilan ishlasa, davlat budjetiga 200 milliard so‘m miqdoridagi pul tushishi mumkin. 200 milliard so‘mga 35 ta maktab qurish mumkin.

Saytimizni kuzatib boring!

1 315
O‘zA