Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.05.2017 23:10 Chop etish versiyasi

Toponimika masalalari muhokama qilindi

Poytaxtimizda «Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosi yuzasidan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Ergeodezkadastr) rahbariyatining axboroti eshitildi.

Geodeziya va kartografiya milliy markazi rahbari I.Ergashev va boshqalar 2011-yilning 12-oktabrida kuchga kirgan «Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mamlakatimizdagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda muhim dasturilamal bo‘layotganini ta’kidladi.

Qonun talablarini bajarish maqsadida «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tizimida Respublika toponimika xizmati faoliyat ko‘rsatmoqda. Muassasa tomonidan geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish, geografik obyektlar nomlari davlat reyestrini yaratish va yuritish, geografik obyektlarning nomlarini me’yorlashtirish va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish singari ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

2013-2016-yillarda Respublika toponimika xizmati tomonidan mamlakatimizdagi geografik obyektlarning nomlarini to‘plash, me’yorlashtirish va davlat reyestriga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda xizmat tomonidan geografik obyekt nomlarining monitoringi, ya’ni mamlakatimiz hududida vujudga kelgan yangi obyektlarning nomlarini hamda 2013-2016-yillarda to‘plangan geografik obyektlar nomlari bo‘yicha yuzaga kelgan o‘zgarishlarni to‘plash, me’yorlashtirish va davlat reyestriga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini elektronlashtirish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasini yuritish ishlarida qo‘llanilmoqda.

«Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tomonidan mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda rasmiy kartografiya va ma’lumotnoma nashrlari, statistik, arxiv, tarixiy va boshqa manbalar asosida tuman, shahar, posyolka, qishloq, ovul singari aholi punktlari hamda ularning tarkibiy qismlari nomlarini xatlovdan o‘tkazish va maqbullashtirish ishlari amalga oshirildi.

Mamlakat miqyosida 78 ming 300 ga yaqin aholi punkti va ularning qismlari, tabiiy, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari nomlari tahlildan o‘tkazildi. Natijada 20 ming 360 shaxs nomlarida bo‘lgan, qonun hujjatlariga mos kelmagan va nomsiz geografik obyekt nomlari hududlardagi toponimik komissiyalar ishtirokida qayta nomlandi.

Anjumanda jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

Behzod Bozorov, O‘zA
1 547






Все о погоде - Pogoda.uz