O‘zA O`zbek

12.06.2018 19:39 Chop etish versiyasi

“Top -500” Toshkentni Markaziy Osiyodagi eng zo‘r shaharga aylantira oladimi?

Toshkent shahar hokimligi va hokimlik huzuridagi yangi tashkil etilgan “Jamoatchilik kengashi” tomonidan tadbirkorlarning “Top-500” forumi tashkil etiladi. Forumning maqsadi Toshkent shahar hokimligi investorlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli, manfaatli va amaliy muloqot o‘rnatish va uni rivojlantirishdir.

“Top - 500” hamjamiyatining maqsadi esa Toshkentni Markaziy Osiyodagi eng go‘zal va nufuzli shaharga aylantirishdir.

Shu yilning 18 iyun kuni “Top-500” hamjamiyatining Forumi o‘tkaziladi. Unda Toshkent shahar hokimi v.b Jahongir Ortiqxo‘jayev SWOT (kuchli taraflar, kamchiliklar, imkoniyatlar va xavflar) bo‘yicha tahliliy ma’ruza qiladi. Ushbu tadbir Toshkentning botanika bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mazkur anjumanda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan elchixonalar vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda.



Anora Sodiqova, O‘zA
2 527