Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2017 12:40 Chop etish versiyasi

Tomorqaga ko‘milgan qurol

Mamlakatimizda o‘qotar qurollarni noqonuniy ravishda saqlash, olib yurish va bojxona chegaralari orqali olib o‘tish qat’iyan man etilgan.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Xatirchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qurol va o‘q-dorilarni yashirin ravishda saqlash holati fosh etildi.

Fuqaro T.Yo.ning xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda uning tomorqasiga 1 dona ov quroli, 2 dona gilza, 7 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan patron, 50 gramm sochma drob va boshqa moslamalar polietilen qopga solingan holda ko‘mib qo‘yilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmiga binoan ashyoviy dalillar davlat egaligiga o‘tkazildi. Fuqaroga nisbatan eng kam oylik ish haqining 8 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi «Tovarlar eksportini rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni talablariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududiga maxsus ruxsatnomasiz qurol-yarog‘, o‘q-dori va ularning qismlarini olib kirish taqiqlangan.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona kompleksida qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro S.A. 39 dona bo‘sh gilza, 198 dona yelim gilza pistonlari, 57 dona yelim gilza va boshqa moslamalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi. Ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvi va surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Amaldagi qonunchiligimizga binoan mamlakatimiz bojxona chegaralari orqali qurol-yarog‘, o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni kontrabanda qilish 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum etish, shuningdek, qurol va o‘q-dorilarni noqonuniy ravishda saqlash jarima, qamoq yoki 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar shaxs ushbu buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida mamlakatimiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda aniqlangan 74 qonunbuzarlik holatida 31 ta ov quroli, 12 dona o‘qotar qurol, 621 dona patron, 4,5 ming donadan ortiq kapsula, 1 ming 700 donadan ortiq gilza huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yilgan.

Davron Sunnatov, O‘zA
2 035






Все о погоде - Pogoda.uz