O‘zA O`zbek

28.03.2019 Chop etish versiyasi

Tokio-2020: Toshkentdagi saralash o‘yinlari joyi va vaqti ma’lum bo‘ldi

Tokio-2020: Toshkentdagi saralash o‘yinlari joyi va vaqti ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi shu yilning 1-9 aprel kunlari poytaxtimizda tashkil etiladigan Tokio-2020 olimpiadasiga saralash bahslarida qatnashadi.

Qizlarimiz ikkinchi saralash bosqichining “B” guruhida Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur saralash bahslarining o‘tkazilish vaqti hamda joyini ma’lum qildi.

3 aprel, soat 15:00

Vetnam – O‘zbekiston (“Lokomotiv” stadioni)

Iordaniya – Gonkong (TTYMI stadioni)

6 aprel, soat 15:00

O‘zbekiston – Iordaniya (“Lokomotiv” stadioni)

Gonkong – Vetnam (TTYMI stadioni)

9 aprel, soat 15:00

Vetnam – Iordaniya (TTYMI stadioni)

Gonkong – O‘zbekiston (“Lokomotiv” stadioni)

Ta’kidlash joiz, ikkinchi saralash bosqichida guruh g‘olibligini qo‘lga kiritgan terma jamoalar hal qiluvchi uchinchi saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

961
O‘zA