O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Tojikistonda ham gazetalar adadi 70 foizga kamaygan

Tojikistonda ham gazetalar adadi 70 foizga kamaygan

Dushanbe ko‘chalarini kezar ekansiz, gazetalar bilan to‘la do‘konlarga ko‘zingiz tushadi. Xuddi avval Toshkentda bo‘lganidek, bekatlarda gazeta sotuvchi qariya ayollarni ham uchratish mumkin. Lekin shunga qaramay, Tojikiston gazetalari ham adad kamayishi, odamlarning nashrlarga qiziqishi sustligidan aziyat chekishmoqda.

Hatto, yangicha qarash bilan OAV maydoniga kirib kelgan “SSSR” va ko‘pgina o‘quvchilariga ega bo‘lgan “Faraj” gazetalari ham bugun obuna bo‘yicha yordam izlab qolgan, deydi dushanbelik jurnalist. 

Uning aytishicha, ko‘pgina gazetalar reklama beruvchilarni qochirmaslik uchun haqiqiy adadlarini oshkora yozishdan qochadi.

Hozirda Dushanbe gazetalarining adadi salkam 70 foizga tushib ketgan. Shunga qaramay, davlat nashrlari “jon” saqlab kelmoqda. Sababi, Tojikistonning aksariyat davlat nashrlari qisman sotuv va asosan budjet mablag‘i yordamida chop etiladi. 

Moliyaviy manba bo‘lsa-da, ularning ham adadi o‘n mingga bormaydi. Tojikistonda bugungi kunda nashrlar auditoriyasini asosan 40 yoshdan kattalar tashkil etmoqda. 

1 105
Anora Sodiqova, O‘zA