Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 16:32 Chop etish versiyasi

To‘rttosh qishlog‘ida zamonaviy tug‘ruq majmuasi foydalanishga topshirildi

Andijon viloyatining Asaka tumanidagi To‘rttosh qishlog‘ida tug‘ruq majmuasi kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, ayniqsa, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Andijon viloyatida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatini yanada takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Asaka tumanida kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan zamonaviy tug‘ruqxona majmuasi bunga yorqin misoldir. Qurilish-ta’mirlash ishlari hamda majmuani zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun qariyb 1 milliard 360 million so‘m mablag‘ sarflandi

– Kapital ta’mirdan so‘ng ko‘rkam qiyofa kasb etgan 95 o‘rinli tug‘ruq majmuasining homilador ayollarda uchraydigan kasalliklarni davolash, tug‘ruq, reanimatsiya bo‘limlari va chaqaloqlarni intensiv davolash, yuqumli kasalliklarga qarshi emlash xonalari zamonaviy jihozlangan, – deydi Asaka tumani tibbiyot birlashmasi rahbari Sh.Qahhorov. – Majmuaning ishga tushirilishi tumanda ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlar hamda tibbiy xizmat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
2 241






Все о погоде - Pogoda.uz