Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.08.2018 17:49 Chop etish versiyasi

To‘raqo‘rg‘on IESda 1-energoblokni montaj qilish boshlandi

To‘raqo‘rg‘on IESda 1-energoblokni montaj qilish boshlandi Mamlakatimiz energetika tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan yirik loyiha bu boradagi amaliy ishlarga yorqin misol bo‘la oladi.

To‘raqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan yirik energetika inshootida bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Mazkur issiqlik elektr stansiyasining ishga tushirilishini nafaqat namanganliklar, balki Farg‘ona vodiysi ahli sabrsizlik bilan kutmoqda. Bu inshoot mintaqada elektr ta’minotidagi muammolarni yengillatish bilan birga, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, hayot farovonligi, turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.

Qurbon hayiti va IES 1-blokining gaz-turbina qurilmalarini keltirib, o‘rnatilishi munosabati bilan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida bugungacha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishtirish maqsadida ehson dasturxoni yozildi. Unga keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.

“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmasi asosida bunyod etilayotgan mazkur stansiyaning umumiy loyiha qiymati 1 milliard 195 million 870 ming dollarga teng. Ayni paytda ulkan energetika inshootining barcha yo‘nalishlarida tunu kun bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Hudud mo‘jaz shaharcha qiyofasini kasb etib ulgurdi.

Tadbir doirasida viloyat hokimi X.Bozorov va jamoatchilik vakillari issiqlik elektr stansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

A.Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat) O‘zA
3 100