O‘zA O`zbek

13.11.2019 Chop etish versiyasi

Toʻra Bobolov: Noqonuniy tekshirishlarga barham berilishi, soliq shaffofligining taʼminlanishiga kafolat beraman

Toʻra Bobolov: Noqonuniy tekshirishlarga barham berilishi, soliq shaffofligining taʼminlanishiga kafolat beraman

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 7-noyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun sohani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlari yaratish, mahalliy byudjetga tushumlar hajmini koʻpaytirish hisobiga xalqimizning turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy sohani yuksaltirib, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Mamlakatimizning barcha hududlari qatori Surxondaryo viloyatida ham mahalliy hokimlik tomonidan mavjud tadbirkorlik subyektlari har taraflama oʻrganilib, ularning muammolari, sohani rivojlantirishda yuzaga kelayotgan toʻsiqlarni hal etish chora-tadbirlarining yoʻl xaritasi ishlab chiqilayotir.

Davlatimiz rahbarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratayotganida chuqur maʼno bor. Zero, xususiy sektor – bu ertangi obod hayotimizning ishonchli kafolati, byudjet daromadlari, bandlik masalasi, aholining tovar va xizmatlarga boʻlgan ehtiyoji qondirilishi, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan oʻzgartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarni qoʻllab-quvvatlash, xullas, aholi kayfiyati tadbirkorlik va kichik biznesning qay darajada rivojlanganiga bevosita bogʻliqdir.

Viloyat hokimi T.Bobolovning vohadagi barcha tadbirkorlarga murojaati videoselektori yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini soʻzsiz taʼminlash, yangi-yangi xususiy subyektlar tashkil etib, sohani rivojlantirish, aholining bandlik masalasini hal etishga koʻmaklashish, mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash sifati hamda samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

545
Xolmoʻmin MAMATRAYIMOV, OʻzA