Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.05.2018 16:50 Chop etish versiyasi

To‘lov sertifikatlari berilmoqda

Mamlakatimizda keksalarni qadrlash, ularga hurmat-e’tibor ko‘rsatish, har tomonlama rag‘batlantirish borasida qilinayotgan ishlar yoshi ulug‘larning ko‘nglini tog‘dek ko‘tarib, dardlariga darmon bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimizning barcha joylarida xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan urush qatnashchilari va nogironlariga yashab kelayotgan xonadonlaridagi elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi iste’moli uchun 300 ming so‘mlik to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi guvohnomalar topshirilayotir.

Mazkur loyiha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va imkoniyati cheklanganlar uchun yana bir moddiy rag‘batlantirish aksiyasidir. Davlat byudjetidan qoplanadigan ushbu sertifikatlar yurtimizdagi 1 ming 173 nafar urush qatnashchisi va nogironiga beriladi.

Barno Meliqulova, O‘zA
2 769