O‘zA O`zbek

12.07.2019 12:37 Chop etish versiyasi

TIV: O‘zbekiston – Britaniya muloqotini faollashtirish masalasi muhokama qilindi

TIV: O‘zbekiston – Britaniya muloqotini faollashtirish masalasi muhokama qilindi

11 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov London shahrida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alan Dunkan bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muloqotda Alan Dunkan mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini samimiy iliqlik va mamnuniyat ila alohida qayd etdi.

Muzokaralarda joriy yilning fevral va aprel oylarida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralarning davomi sifatida qo‘shma kun tartibining dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston – Britaniya muloqotini faollashtirish choralari batafsil muhokama qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, ko‘p qirrali muloqotni yaxshilash, amaliy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro xohish tasdiqlandi.

O‘zA
514