O‘zA O`zbek

09.08.2019 18:35 Chop etish versiyasi

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik boʻlimi joriy yilning 6-avgust kuni Moskva viloyatida yongʻin sodir boʻlib, uning oqibatida ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

Tashqi ishlar vazirligining elchixona maʼlumotiga asosan tarqatgan xabariga koʻra, jarohat olgan ikki nafar hamyurtlarimizga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan, hozirda ular Sergiyevo-Posadskiy tumanidagi qarindoshlarinikida boʻlib turibdi.

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va Oʻzbekistonning Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborishga doir konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

OʻzA
4 867