Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.02.2017 19:16 Chop etish versiyasi

Tinchlikparvar siyosatchi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 25-yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan "Islom Karimov va uning tinchlikparvar siyosati" mavzuida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mustaqilligimiz me’mori Islom Karimovning xalqimiz tinchligi va farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi jasorati va matonati alohida qayd etilib, davlat va siyosat arbobi sifatidagi keng ko‘lamli faoliyati, amalga oshirgan ulug‘vor ishlari yodga olindi.

– Xalqimizning tinch va farovon hayoti, mamlakatimizning barqaror iqtisodiy ravnaqi uchun borlig‘ini, umrini bag‘ishlagan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning beqiyos xizmatlarini yoshlar ongu qalbiga singdirish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, – deydi Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bosh mutaxassisi Sunnatilla Sabohitdinov. – Bu muhtaram zotning sermazmun faoliyati, hayoti va yuksak insoniy fazilatlari yosh avlodga o‘rnak bo‘lajak.

Tadbirda Islom Karimovning tinchlikparvar siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirgani, nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgani xususida so‘z yuritildi.

Birinchi Prezidentimiz faoliyati haqida hujjatli film va videolavhalar namoyish etildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 547






Все о погоде - Pogoda.uz