Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 15:32 Chop etish versiyasi

Tinchlik – xalq farovonligining asosi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlab Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan “Tinchlik – xalq farovonligining asosidir” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori S.Yunusov, O‘zbekiston xalq artistlari Yo.Sa’diev, E.Komilov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi M.Usmonova va boshqalar tinchlik – eng ulug‘ ne’mat ekanini, shu bois, mamlakatimizda hukmron osoyishta muhit, farovon hayotning qadriga yetib, obod turmushimiz yo‘lida barchamiz birgalikda mehnat qilishimiz kerakligini alohida ta’kidladi.

Tadbirda Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyati haqida talaba-yoshlarga atroflicha tushuncha berildi. O‘z navbatida talabalar ham so‘zga chiqib, mavzuga oid fikrlarini bildirdi.

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA
1 650






Все о погоде - Pogoda.uz